Аннотация. В статье изучены методы мотивации самостоятельного обучения и их эффективность, а также приведён анализ методов мотиваций традиционного и самостоятельного обучения.
Ключевые слова: Традиционный урок, нетрадиционный урок, контроль, мониторинг, самооценка, самостоятельное планирование, теоретические и практические задание, эффективность обучения, имитация.
Otamirzaev Olimjon Usubovich,
katta o’qituvchi;
Zokirova Dilnoza Ne’matillaevna,
assistent;
Namangan muhandislik-pedagogika instituti
(O’zbekiston Respublikasi, Namangan shaxri)
MUSTAQIL O’RGANISHGA UNDOVCHI TA’LIM BERISH USULLARI VA ULARNING SAMARADORLIGI
Annotatsiya. Maqolada mustaqil o’rganishga undovchi ta’lim berish usullari va ularning samaradorligi o’rganib chiqilgan hamda an’anaviy va mustaqil o’rganishga undovchi ta’lim berish usullarini taxlili keltirilgan.
Tayanch so’zlar: An’anaviy dars, noan’anaviy dars, nazorat qilish, manitoring, o’z-o’zini baholash, mustaqil rejalashtirish, nazariy va amaliy topshiriqlar, ta’lim samaradorligi, immitatsiya.
Аннотация. В статье изучены методы мотивации самостоятельного обучения и их эффективность, а также приведён анализ методов мотиваций традиционного и самостоятельного обучения.
Ключевые слова: Традиционный урок, нетрадиционный урок, контроль, мониторинг, самооценка, самостоятельное планирование, теоретические и практические задание, эффективность обучения, имитация.
Jaxonning rivojlangan mamlakatlarida mustaqil o’rganish keng targ’ib qilinadi va bilim olishning bunday usuli ish jarayoni hamda kasbiy maxoratning muntazam ravishda takomillashuviga olib keladi. Osiyoda, xususan Singapur va Malayziya kabi iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlarda, mazkur mavzuga bag’ishlangan ko’plab gazeta maqolalari chop etiladi, qator televizion dasturlar efirga uzatiladi. Ularda ta’kidlanishicha, mustaqil o’rganishning ahamiyati juda katta bo’lib, u iqtisodiy ravnaq topishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi va mamlakatning jaxon bozorida yanada raqobatbardosh bo’lishiga xizmat qiladi [1].
Hozirgi vaqtda o’quv jarayoni haqida gap borganda, mutaxassislar «Mustaqil o’rganish» iborasini ko’proq tilga ola boshlashdi. Xaqitatan ham, bugungi kunda axborot oqimining keskin ko’payishi, zamonaviy texnikalarning shiddat bilan takomillashib borishi, muhim ish o’rinlarining kamayishi va jamiyat xayotining boshqa jabxalaridagi maromning bir xil emasligi sharoitida kishi mustaqil izlanishi va o’rganishi, shu tariqa o’z ustida ishlashi foydadan xoli bo’lmaydi.
Mustaqil o’rganish turli ko’rinishlarda kechishi mumkin. Masalan, muayyan bir ma’lumotni yodlash (qoidalar, formulalar, lug’atlar va hokazo) ko’rinishida yoki turli murakkablikdagi nazariy va amaliy masalalarni yechish tarzida bo’lishi mumkin. Ilm olishga bel bog’lagan har qanday inson, albatta, doimo faol bo’ladi va o’z xatti-harakatlarini idora etadi. Mustaqil o’rganishning aksi - bu doimo kimningdir yordami ko’rsatmalariga tobe’ bo’lish demakdir. Ushbu ikkinchi toifa vakillari boshqalar bilimidan umidvor bo’lib yashaydilar. Ular o’qituvchi beradigan muayyan ma’lumotlar, ko’rsatmalar, vazifa va topshiriqlar bilan cheklanadilar. Bunday talabalar uncha ko’p savol ham bermaydilar. Ular o’z o’qituvchilarining xatti-harakatlarini kuzatadilar, tinglaydilar va shu bilan kifoyalanadilar.
Xatti-harakatni boshqarish nazariyasi inson xatti-harakatlariga oid psixologik nazariya hisoblanadi. Mazkur nazariya inson qay tarzda o’z ongida muayyan maqsadlarni belgilashiga va bunday maqsadlarga erishishdan avval nima qilmog’i kerakligiga, shuningdek aniq reja ishlab chiqish jarayoniga bag’ishlangan. Boshqacha qilib aytganda, «bajarish» va «o’rganish» orasidagi uzviy bog’liqlik ushbu nazariya mazmunini tashkil etadi. Unga ko’ra, har qanday amaliy mashg’ulotni bajarishga bo’lgan intilish va harakat, eng avvalo, inson ongida vujudga keladi. Ishni to’g’ri bajarish to’g’ri fikrlash dalilidir. Biror ishni bajarish, bu o’rinda, ushbu ishni bajarish uchun kerak bo’lgan muayyan vazifalarni rejalashtira olishni anglatadi [1].
Hozirgi zamonda jaxon hamjamiyatining hayoti yirik o’zgarishlarga va turli anglashmovchiliklarga to’la. Asrlar mobaynida xalqlarning turmush tarziga aylangan qator qonuniyatlar, ijtimoiy tuzumlar va qoidalar, vaqt charxpalagida yo’qolib bormoqda. Vaqt o’tishi bilan uzoq yillar mobaynida shakllangan ishlab chiqarish usullari va sharoitlari o’zgarib, takomillashib bormoqda. Bugun xattoki malakali mutaxassis o’z ish o’rnini yo’qotsa, o’ziga munosib boshqa bir yangi ish topishi oson emas. Ular yangi ishga joylashishlari uchun o’z bilim va malakalarini yanada oshirishlari, kerak bo’lsa, yangi talablarga moslashtirishlari zarur bo’ladi. Agar biz o’z ota-onalarimiz ishlagan davrga nazar tashlasak, ular asosan bir joyda va uzoq vaqt mobaynida ishlaganliklariga amin bo’lamiz. Ba’zan ular o’z mehnat faoliyatlarini boshlagan tashkilotda bir umr ishlaganlar va o’sha tashkilotdan nafaqaga chiqqanlar. U vaqtlarda tegishli lavozimlar, tashkilot va muassasalar va, umuman, butun ishlab chiqarish sohasi vaqtinchalik xarakterga ega bo’lmay, aksincha doimiy bo’lgan, ya’ni sezilarli o’zgarishlarga yo’liqmagan. Biroq, bugun jaxonda globallashish jarayoni shiddatli tus olgan, texnika va texnologiyalar kun sayin takomillashib, mavjud shart-sharoitlar jadal sur’atlarda o’zgarib bormoqda. Kechagi talablar va shart-sharoitlar bugungi kun extiyojlarini qondirmay qo’ymoqda. Muayyan xududda joylashgan bir korxonaning 10 yil mobaynida samarali faoliyat ko’rsatib, bir xaftaga qolmay inkirozga yuz tutishi endilikda ko’pchilikni xayratga solmayapti.
Muayyan bir sohaga oid bilimingiz vaqt o’tishi bilan eskirib borishi tabiiy xoldir. Bu ayniqsa turli texnikalarga oid bilimingizga taalluqlidir. Masalan, radiaktiv materialni olaylik - bunday jismdagi izotoplar o’zidagi radiatsiyani vaqt o’tishi bilan yo’qotib boradi, ya’ni ma’lum bir vaqtdan so’ng bunday materialda umuman radiatsiya qolmaydi. SHunga o’xshab, texnika sohasiga oid bilim ham vaqt o’tishi bilan o’zining kerakli hususiyatini yo’qotib boradi va eskiradi, ya’ni keraksiz bo’lib qoladi.
Aslini olganda, ishlayotgan xodimlar ham ishga yangi qabul qilinish arafasida turgan boshqa shaxslarga o’xshab o’z bilimlarini muntazam ravishda oshirib borishlari lozim. Aksariyat hollarda ularga o’qituvchilar yordamga kelolmaydi, shu sababli ham ular mustaqil o’rganishlari zarur bo’ladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, ta’kidlash o’rinliki, biz bugungi kunda nafaqat yosh avlod bilimini oshirib borishimiz, balki turli yoshdagi ishlayotgan xodimlarning ham bilim-malakalarini takomillashtirib borishimiz kerak.
Bugungi tobora sanoatlashib borayotgan sharoitlarda ishlash xodimdan tinmay izlanishni va o’z bilim saviyasini tobora takomillashtirib borishni taqazo etmoqda. Bunday sharoitlarda mustaqil o’rganishning ahamiyati beqiyosdir. Bizning asosiy maqsadlarimizdan biri ham o’rganuvchilarga «Qanday qilib o’rganish kerak»ligini o’rgatish, ularni ertangi kunning talablariga javob beradigan mustaqil ishlashga undashdan iborat.
Eng zamonaviy ishlab chiqarish jarayoni ishchi-xodimlar oldiga qo’yayotgan talablarni qondirish uchun bizlar muntazam ravishda o’z ustimizda ishlashimiz, izlanishimiz kerak.
Ishlab chiqarish jarayoniga dahldor bo’lgan ishchi-xizmatchilar mas’uliyatining tobora oshib borayotgani, qolaversa barchamiz inson bo’lganimiz bois ham o’z bilim doiramizni kengaytirib borishimiz zarur. Faqat kelib tushayotgan talab-extiyojlarni qondirish bilangina o’zini cheklaydigan har qanday ishchi o’zgarishlar jarayonida ishtirok etayotgan barcha kuchlarning oddiy bir ko’g’irchog’iga aylanib qoladi, ya’ni bunday inson mazkur jarayonda faol rolga ega bo’lmaydi.
Zamonaviy ishchi sifatli mahsulot yetkazib berish, yaxshi xizmat ko’rsatish va mahsulotlarni ma’qul narxlarda ishlab chiqarishga mas’ul hisoblanadi. Ular ishlab chiqarishga qaratilgan ish jarayonida, ya’ni mijozdan talab kelib tushgan paytdan boshlab to yakuniy sifat tekshiruvi hamda tayyor mahsulotni mijozga yetkazib berishgacha bo’lgan davr mobaynida muhim o’rin tutadilar.
Bugungi kunda ularga mazkur jarayonda ko’proq mas’uliyat yuklanadi. Ularning vazifalari qatoriga tobora murakkablashib borayotgan rejalashtirish va monitoring ishlari ham kiradi. O’zlarining kengaytirilgan rollari doirasida ular ish jarayoni va ishlatilayotgan texnologiyaning muvofiqligini kuzatib borishlari kerak. Buning uchun ulardan ish jarayoni va texnologiyaga tanqidiy nuqtai nazar bilan yondashish so’raladi.
Mustaqil o’rganish zaruratini quyidagicha izohlash mumkin:
-ta’lim olish va yoshlarning mustaqil bo’lishlari uchun tabiiy yo’l;
-«Beshikdan to qabrgacha ilm izla!» o’qish va ish qobiliyatini muntazam ravishda takomillashtirishga bo’lgan extiyoj;
-ish jarayonida mustaqil rejalashtirish, monitoring, baholash va guruh
bo’lib ishlashga bo’lgan extiyoj;
-kishining o’z mehnat faoliyatini tashkil etishiga bo’lgan ehtiyoji.
O’qituvchi bilimiga tayangan holdagi, ya’ni an’anaviy va mustaqil o’rganishga undovchi ta’lim berish usullarini solishtirish quyidagi jadvalda keltirilgan.
An’anaviy dars |
Mustaqil o’rganishga undovchi dars |
||
O’qituvchi faoliyati |
Talaba faoliyati |
O’qituvchi faoliyati |
Talaba faoliyati |
Tushuntirish |
Tinglash |
Nazariy va amaliy topshiriqlarni tayyorlash va savollar yuzasidan o’z maslaxatlarini berish. Ma’lumot natijalarini muxokama qilish. |
Mustaqil ma’lumot izlash va ma’lumot olish. Ma’lumot natijalarini taqdim etish. |
Qanday qilib bajarishni namoyish etish |
Ko’rish, kuzatish va immitatsiya |
Nazariy va amaliy topshiriqlarni tayyorlash va savollar yuzasidan o’z maslaxatlarini berish. Rejalarni muxokama etish. |
Mustaqil rejalashtirish. Rejalashtirish natijalarini taqdim etish. |
Nazorat va manitoring qilish |
Ko’rsatma-larga rioya etish |
Nazariy va amaliy topshiriqlarni tayyorlash va savollar yuzasidan o’z maslaxatlarini berish. Maslaxat va ko’rsatmalar berish. |
Mustaqil monitoring.
Mustaqil tarzda tadbiq etish. |
Baholash |
Tinglash va qabul qilish |
Nazariy va amaliy topshiriqlar hamda baholash varaqalarini tayyorlash. Natijalarni muxokama etish va yakuniy baholash. |
O’z-o’zini baholash. Barcha faoliyat natijalarini taqdim etish. |
Mustaqil o’rganishga undovchi ta’lim berish usullarini puxta egallagan o’qituvchi-murabbiylar talabalarni berilgan topshiriqlar bajarishning o’zlariga xos yo’llarini topishlariga va boshqa masalalarga ham o’zlarining usullari orqali yondashishlariga undamog’i kerak [1].
O’qituvchi-murabbiylar bilim olish jarayonini sirtdan kuzatib boradilar va ushbu jarayonga faqat amaliy mashg’ulot yoki ish noto’g’ri yo’nalishga kirib ketsa, uning natijalari xavf ostida qolsa yoki talabalar mustaqil tarzda xal etolmaydigan muammolarga duch kelsalar (masalan, guruhda o’zaro nizo chiqsa)gina aralashadilar. Qoidaga ko’ra, ular talabalarga o’z maslaxatlari va ko’rsatmalari bilan kerakli ma’lumotlarni topish, tegishli axborotni qayta ishlash, rejani qaytadan ko’rib chiqish, yanada ehtiyotroq va chuqurroq fikr yuritish uchun ko’maklashadilar. Yangi rolga ega bo’lgan o’qituvchi va murabbiylar (ya’ni, mustaqil o’rganishga undash usulida ta’lim beruvchilar) talabalarning muammolarni xal etishga qaratilgan har qanday yondashuvlarini qabul qiladilar (xattoki bunday yondashuv past samarali bo’lsa ham). CHunki bu talabalar o’zlari tanlagan uslub (metod), bu ularni bilim olishga undovchi narsadir. Talabalar tanlagan uslublarining xato va kamchiliklarini o’qish va ishlash jarayonida yoki yakuniy baholashdan keyin o’zlari bilib oladilar.
Talabalar o’zlari izlab topishlari lozim bo’lgan ma’lumotni o’qituvchi-murabbiylaridan so’raganlari taqdirida ham, o’qituvchi-murabbiylar xijolat chekishlariga asos qolmaydi. Agar kuzatsak, talabalar o’zlari izlab topishlari lozim bo’lgan ma’lumotlarni ko’pincha o’qituvchi-murabbiylaridan so’rashadi. Bu holda o’qituvchi talabaning savoliga javob berishdan oldin talabani o’zi fikr yuritishiga undashi va kerak bo’lsa yo’naltirishi lozim [2].
Mustaqil o’rganish - nazariy va amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida talabalar imkon qadar o’zlari fikr yuritishlari kerakligini anglatadi. O’qituvchi-murabbiylar talabalar o’zlari fikr yuritishlarini qo’llab-quvvatlashlari zarur. Ular doimo o’zlariga quyidagi savollarni berishlari lozim:
Quyida o’qituvchi-murabbiylar uchun nazoratchilik va maslaxat yuzasidan ko’rsatmalari berilgan:
Agar bilim mustaqil anglangan, his etilgan, qiyinchiliklarga duch kelib o’rganilgan bo’lsa, unda bu bilim to’la va chuqur o’zlashtirilgan bo’ladi. Bularning bari o’rganilayotgan fanga ma’suliyatli, o’quv faoliyatiga ko’nikma, ish faoliyatini rejalashtirishda vaqtdan unumli foydalanishga, o’z-o’zini nazorat qilishga, xatolarni tuzatishga va hokazolarga ham bog’liq bo’ladi. Talaba tomonidan doimiy aqliy faoliyat bilan shug’ullanish-aqliy faoliyatga ehtiyojni rivojlantiradi va talabalarni vaqtni tejab-saralab ishlatishga o’rgatadi. Bu bilan bo’lajak mutaxassislarning mustaqil o’quv faoliyatlarini rivojlantirish, o’quv va ilmiy ishlarning mushtarakligini ta’minlash, talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, shular asosida yetuk mutaxassis tayyorlash sifatini oshirishga erishish mumkin bo’ladi [3].
FOYDALANILGAN ADIBIYOTLAR RO’YHATI: