Аннотация: Исследованы методы выражения форм прошедшего времени английского языка в узбекском языке.
Ключевые слова: английский и узбекский язык, прошедшее время, выражение форм прошедшего времени.
Filologiya fanlari
УДК 17.21
Majidova Zarnigor Mamadjanovna
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi
Buxoro davlat universiteti
Мажидова Зарнигор Мамаджановна
преподаватель кафедры английского языка и литературы
Бухарский государственный университет
Majidova Z. M.
Teacher
Bukhara State University
INGLIZ TILIDAGI O’TGAN ZAMON FORMALARINING O’ZBEK TILIDA BERILISH USULLARI
МЕТОДЫ ВЫРАЖЕНИЯ ФОРМ ПРОШЕДШЕГО ВРЕМЕНИ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ
METHODS OF PAST TENSE FORMS EXPRESSIONS OF ENGLISH LANGUAGE IN UZBEK LANGUAGE
Annotatsiya: Ingliz tilidagi o’tgan zamon formalarining oozbek tilida ifodalanish usullari o’rganildi.
Kalit so’zlar: ingliz va o’zbek tillari, o’tgan zamon, o’tgan zamon formalarining ifodalanishi.
Аннотация: Исследованы методы выражения форм прошедшего времени английского языка в узбекском языке.
Ключевые слова: английский и узбекский язык, прошедшее время, выражение форм прошедшего времени.
Summary: Methods of past tense forms expressions of English language in Uzbek language were investigated.
Key words: English and Uzbek languages, past tense, the expression of past tense forms.
Mazkur maqolada ingliz tili strukturasidagi o’tgan zamon formalari tahlil etiladdi va bu zamonlarning o’zbek tilidagi ekvivalenti aniqlanadi. Tadqiqot ishining obyektlari quyidagilar:
Past Indefinite sintetik usul bilan ifodalanadi, chunki o’tgan zamon grammatik ma’nosi fe’lning ichida ifodalanadi. Masalan, to’g’ri fe’llardan Past Indefinite yasalganda, -d//-ed aglyutinativ-sintetik affiksal morfemasi fe’l o’zagiga qo’shiladi. Bu affiksal morfemalar qo’shilganda o’zak morfema o’zgarmaydi. O’zak va affiksal morfemalar bir-biridan ajratilganda, o’zak morfema so’z sifatida ishlatilish qobiliyatiga ega, chunki u o’zining mustaqilligini yo’qotmaydi. M.: (work) worked fe’lidan affiksal morfema –ed olib tashlansa, work qoladi. Bilamizki, bu fe’l o’zak va negiz funksiyasini bajara oladi. Shu bilan birga, tilda to’liq so’z bo’lib mavjud bo’la oladi. Noto’g’ri fe’llardan Past Indefinite yasalganda, biz qadimiy ingliz tilidan qolib ketgan tayyor formalardan foydalanamiz. M.: write fliktiv-sintetik fe’lining Past Indefinite formasi wrote, ko’rinib turibdiki, Past Indefinite yasalgana write fe’lidagi [ai] fonemasi [ou] fonemasiga aylangan. Past Indefinita – ish-harakatning o’tgan zamonda tugallanganligini yoki tugallanayotganligini ko’rsatish maqsadida xizmat qiladi. Bu zamon o’tgan zamonda bo’lib o’tgan voqeani aytib berishda, hamda tugallangan voqea-hodisalarni hikoya qilishda qo’llaniladi.
Past Continuous ni yasaganda to be fe’lining o’tgan zamondagi shakli was/were va ma’no anglatuvchi fe’lning o’zagiga –ing affiksal morfemasi qo’shiladi hamda bu ikkala fe’l (ma’no anglatuvchi va ko’makchi fe’llar) o’zaro birikadi. O’zaro birikishni analitik usulda ifodalanish deb tushunsak, to be fe’lining was/were formalariga aylanishini supletiv grammatik vosita deb tushunib uning o’tgan zamon ma’nosini sintetik yo’l bilan ifolanganligini qayd qilamiz. Ko’rinib bu zamon analitik yo’l bilan ifodalangan bo’lsa ham har bir kompanent o’z navbatida o’tgan zamonni ifodalash uchun flektiv formalardan foydalangan. Past Continuous – tugallanish arafasida bo’lgan ish-harakatni, tugallanmagan davom etayotgan ish-harakatni ifoda etadi.
Past Perfect zamonini yasashda ham sintetik analitik usullardan foydalanamiz. Masalan, had written, bunda Past Perfect formasi yordamchi va ma’no anglatuvchi fe’llarining o’zaro birikishi (ya’ni analitik usul bilan) natijasida yasalgan. Ammo bu ikki component o’z navbatida o’tgan zamon ma’nosini fliktiv forma orqali ya’ni sintetik usul bilan ifodalanadi. Past Perfect o’tgan ish-harakatning o’tgan zamonda aniq bir vaqtgacha tugallanganini ifodalashda ishlatiladi. Past Perfect o’tgan zamondagi biror vaqtdan oldin tamom bo’lgan ish-harakatni ifodalaydi.
Past Perfect Continuous zamon formasi ham yuqoridagi zamon formalaridek analitik-sintetik usul yordamida yasalgan, ya’ni had been writing formasida ikki yordamchi fe’l had been ma’no anglatunvchi fe’l had been ma’no anglatuvchi writing bilan o’zaro birikkan, ya’ni Past Continuous Tense analitik-sintetik usulda ifodalanadi deymiz, shu bilan birga uchala formaning har biri fliktiv forma hisoblanadi. Past Perfect Continuous Past Indefinite da qo’llangan boshqa bir ish-harakatdan oldin boshlanib o’sha paytda ham davom etadigan ish-harakatni ifodalaydi.
O’zbek tilida o’tgan zamon fe’l formalari grammatikaning katta bir bo’limini tashkil qiladi. Shu bilan birga bu formalarning har biri kontekstda boshqa so’zlar bilan sintaktik munosabatga kirishganda o’zining asosiy maa’nosidan tashqari yana juda ko’p noaniq tushunchalarni, qo’shimcha ma’nolarni anglatadi.
Umuman fe’l formalari, jumladan o’tgan zamon fe’llari, gapda kesim vazifasida kelganda o’zining asosiy ma’nolaridan tashqari turli qo’shimcha ottenkalar anglatishi va bu ottenkalarning stil jihatidan qanday xarakterda bo’lishi shu fe’l formalarining semantikasiga ham bog’liq.
O’zbek tilidagi o’tgan zamon fe’llari ko’pincha quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Ingliz va o’zbek tillaridagi o’tgan zamon formalarini qiyosiy tahlil qilish maqsadida Paulo Kaelyoning “Portobello jodugari” (“The Witch of Portobello”) asarining har ikki tildagi tarjimalarini ko’rib chiqdik va quyidagi gaplarni misol tariqasida mazkur maqolada o’rinli deb topdik:
Afinaning o’limidan uzoq vaqt o’tib ustozi mendan Shotlandiyaning Prestonpans shahriga qilinajak safariga hamrohlik qilishimni so’radi. (Aniq o’tgan zamon fe’li)
U har doim xatar bilan o’ynashar edi. (O’tgan zamon hikoya fe’li)
Bir kuni Shirinni maktabdan olib qaytayotib sezdimki undagi ilohiylik yana ham chuqurlashib borayapti. O’sha kuni u menga ko’ziga bibi Maryam kabi oppoq kiyingan ayol ko’ringanini aytdi. (O’tgan zamon davom fe’li)
Musiqa Parvardigor tomonidan yaratilgan. (Uzoq o’tgan zamon fe’li)
Shu vaqtgacha bu mavzu haqida so’z ochish oilamizda ta’qiqlangan edi. (O’tgan zamon hikoya fe’li)
Tahlil ustida ish olib borilgan asardan har ikki tilning o’tgan zamon shakllariga doir yuzlab misollarni ko’rib chiqdik va faqtgina bir nechtasini misol tariqasida ushbu maqolada qo’lladik ishlash jarayonida quyidagi xulosalarga keldik:
ADABIYOTLAR RO’YXATI