Аннотация: В статье рассматривается исследование узбекской литературы английскими учёными.
Ключевые слова: узбекская литература, прямой и косвенный перевод.
Filologiya fanlari
УДК 1751
Ibragimova Manzila Baxtiyorovna
o’qituvchi
Buxoro davlat universiteti
Ибрагимова Манзила Бахтиёровна
преподаватель
Бухарский Государственный университет
Ibragimova Manzila Bakhtiyorovna
teacher
Bukhara State University
O’ZBEK ADABIYOTI NAMUNALARINING ANGLIYALIK OLIMLAR TOMONIDAN O’RGANILISHI
ИССЛЕДОВАНИЕ УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ АНГЛИЙСКИМИ УЧЁНЫМИ
THE STUDY OF UZBEK LITERATURE BY ENGLISH SCIENTISTS
Annotatsiya: Mazkur maqolada o’zbek adabiyoti namunlarining angliyalik olimlar tomonidan o’rganilib, ingliz tiliga tarjima qilinganlik darajasi tahlil
Kalit so’zlar: o’zbek adabiyoti namunalari, bevosita va bilvosita tarjimalar.
Аннотация: В статье рассматривается исследование узбекской литературы английскими учёными.
Ключевые слова: узбекская литература, прямой и косвенный перевод.
Summary: This article is dedicated to the study of Uzbek literature and its translations into English by the English scientists.
Key words: Uzbek literature, direct and indirect translation.
Mustaqillik yillarida tarjimashunoslik ancha rivojlanib, o`z oldiga katta maqsadlar qo`ygan bir paytda, o`zbek mumtoz adabiyotining dunyoga yoyilishida tarjimaning roli benihoya kattadir. Kuzatadigan bo`lsak, xorijda o`zbek adabiyoti namunalarini sevib o`qiydilar, yozuvchi va shoirlarimizning ijodini hurmat bilan tilga oladilar. Buni Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur,Muqimiy, Furqat kabi mumtoz adabiyotimiz namoyondalari, qolaversa, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, G`afur G`ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Zulfiya singari o`zbek adabiyoti vakillarining ko`plab asarlari xorijiy tillarga, xususan, ingliz tiliga tarjima qilinganligi va ularning chet el kitobsevar muxlislar tomonidan o`qib kelinayotganligida ham ko`rish mumkin.
Tarixiy asarlar orasida, ayniqsa, buyuk Amir Temur qalamiga mansub asarlarning, sohibqiron haqidagi asarlarning tarjima qilinishi diqqatga sazovordir. Sohibqiron Amir Temur qalamiga mansub janr jihatidan hujjatli, tarixiy, badiiy, avtobiografik asar "Temur tuzuklari" ingliz tiliga qilingan dastlabki tarjimalardan hisoblanadi. Chindan ham, ushbu nodir avtobiografik asarda Sohibqiron siymosi, ruhiyati, tabiati, boy shaxsiyati, insoniyligi, to‘laqonli obrazi yorqin ko‘rinib turadi. Uni adabiyotimizda Sohibqiron siymosi namoyon bo‘lgan dastlabki asar deyish mumkin. Adabiyotimizni boyitgan, yurtimizni dunyoga tanitgan "Temur tuzuklari" XVII asrdayoq ingliz olimlarining diqqatini o‘ziga tortgan edi. Ingliz sharqshunos olimi Mayor Devi Hindistonda xizmatda bo‘lgan vaqtida "Temur tuzuklari"ning Abu Tolib al-Husayniy tomonidan forschaga qilingan tarjimasi bilan tanishadi va Buyuk Britaniyaga qaytgach, asarni ingliz tiliga o‘girib, uni Jozef Vayt degan olim tayyorlagan forscha matni bilan bir muqovada 1783 yilda Oksfordda nashr etadi. Ushbu nashr "Temur tuzuklari" asarining dunyo bo‘ylab tarqalishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.[2]
Mirzo Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy” asarini ingliz sharqshunos olimi Eduard Deni Ross 1898-yilda ingliz tiliga tarjima qildi. Ney Elias esa tarjimani tahrir qilib, unga izohlar yozdi. 1996-yilda esa olim, professor Uiller Takston mazkur asarni ingliz tiliga qayta to`liq tarjima qildi.[2]
O‘zbek adabiyotining dunyoga keng yoyilishida Zahiriddin Muhammad Bobur yaratgan "Boburnoma" ham muhim qimmat kasb etgan. "Boburnoma" asari birinchi marta 1826 yilda ingliz tiliga tarjima qilinib nashr etilgan, uni ingliz sharqshunoslari Jon Leyden bilan Viliam Erskinlar amalga oshirishgan. [3]
Asarning ikkinchi marta tarjima qilinishi ingliz olimasi Annetta Beverij nomi bilan bog‘liq. 1900 yilda Buyuk Britaniyalik taniqli sharqshunos H. Beverij Haydarobodda "Boburnoma"ning bir nusxasini qo‘lga kiritadi va uni faksimile shaklida 1905 yilda Londonda e'lon qiladi. Uning rafiqasi bo‘lgan Annetta Beverij xonim ana shu faksimile nusxasidan inglizchaga tarjima qilish borasida uzoq mehnat qilgan. Tarjimon deyarli har bir sahifada ko‘plab turkiy so‘zlarni qavs ichida yoki qavssiz berib ketish bilan birga ingliz o‘quvchilariga notanish so‘z-iboralar, tushunchalarga batafsil izohlar ilova qiladi, ism va joy nomlari talaffuzini saqlashga urinadi". 880 sahifalik asar "Boburnoma" ingliz tilida: "Bobur esdaliklari" (“Memoirs of Babur”) degan sarlavha bilan ikki jild hajmida Londondagi "Luzak End Ko" nashriyotida 1922 yilda bosilib chiqadi. [1] Ushbu tarjima keyingi yillarda yana uch marta (1970 yilda Yangi Dehlida noshirlar Nirmal D.Jeyn bilan S.K.Mehra tomonidan; 2002 yildan Pokistonda noshir Niyoz Ahmad tomonidan; 2006 yildan Hindistonda Dilip Xeyro tomonidan) nashr etildi.
"Boburnoma" asari uchinchi marotaba 1993 yilda tarjima qilindi. Harvard universitetida yiliga bir marta chiqadigan "Turkiy tadqiqotlar jurnali"ning 18- sonida Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning “Boburnoma” asari asliyat nusxasi, forscha tarjimasi va VilyamTakeston tomonidan amalga oshirilgan inglizcha tarjimasi birgalikda chop qilindi. Oradan uch yil o‘tib, ya'ni, 1996 yilda mazkur tarjima ikkinchi marta turli miniatyuralar va xaritalar bilan boyitilib, "Boburnoma: shahzoda va imperator Boburning esdaliklari" (The Baburnama. Memoirs of Babur, Рrince and Еmperor”) degan sarlavha bilan Vashington D.C. shahrida Artur M.Sakler Galereyasi Smisoniyan instituti tomonidan chop etilgan. 2002 yilda Nyu-Yorkdagi "The Modern Library" nashriyoti esa "Boburnoma"ni uchinchi marta nashrdan chiqardi. Uilyam Takeston asarning ikkinchi nashriga ilova qilgan maqolasida, "Boburnoma" matni va tarjimalari tarixi, uni o‘rganilish jarayonlari xususida so‘z yuritadi. Uilyam Takeston Bobur shaxsi va sulolasi haqida o‘rinli mulohazalarini bildiradi: "Tarix Boburni nafaqat Markaziy Osiyolikdek (ya'ni, turkistonlikdek) o‘zligidan ayirdi, balki Bobur va uning avlodlariga, Boburni ranjitishi aniq bo‘lgan "mug‘ullar", ya'ni, mo‘g‘ul, mongol nomini berish bilan uning temuriy bo‘lishdek o‘zligini ham o‘g‘irladi”[4] Uilyam Takestonning fikricha, yevropaliklar Bobur xonadoni va mo‘g‘ullar orasida qandaydir bog‘liqlik borligini bilganlari holda, bu bog‘liqlik qandayligining aniq tagiga yetmay turib, sulolaga nomuvofiq mo‘g‘ul (mogol, mogul, mag‘ol va h.k.) nomli variantlarni berib, bu so‘zni "ulug‘lik" so‘ziga muqobil sifatida ishlatganlar. UilyamTakeston tarjimasining yana bir afzallik tomoni, asar hozirgi ingliz tiliga o‘girilgan. Shuningdek, tarjimonning nashrga Bobur hayotining xronologiyasi, qisqacha diniy-siyosiy atamalar lug‘ati hamda bibliografiyasini ilova qilingan.
Xulosa qilib aytganda, o`zbek adabiyoti namunalarining ingliz tiliga tarjima qilinishiga nazar tashlash mobaynida shu narsaga ishonch hosil qilish mumkinki, ham mumtoz, ham zamonaviy ma’noda, o`zbek adabiyoti sermazmun, zalvorli asarlarga boydir. Adabiyotimiz namunlarini keng targ`ib etish va ingliz tiliga tarjima qilishda Mayor Devi, Eduard Deni Ross, Jon Leyden, Viliam Erskin, Annetta Beverij, Annetta Beverij singari angliyalik adabiyotshunos olimlar va tarjimonlarning qo’shgan hissalari diqqatga sazovordir.
Adabiyotlar ro’yxati
1. Beveridge,A.S.The Babur-nama in English (Memoirs of Babur) London, 1921.
2. Karomatov H., "Temur tuzuklari"ni Oʻzbekistonda oʻrganish muammolari
(Temuriylar davri madaniy yodgorliklari). T., 2003.
3. Leyden, J. Memoirs of Zehir-Ed-Din Muhammed Baber / J. Leyden, E. William.
London :Emperor of Hindustan, 1826.
4. Thackston, Wh. The Baburnama. Memoirs of Babur, Рrince and Еmperor. N. Y. :
The modern library, 2002.