Аннотация: Исследовано воссоздание психологических лейтмотивов в переводе романа «Прощай оружие!».
Ключивые слова: Э.Хемингуэй, «Прощай оружие!», психологическое окружение, лейтмотив
Filologiya fanlari
УДК 17.51
Majidova Zarnigor Mamadjanovna
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi
Buxoro davlat universiteti
Мажидова Зарнигор Мамаджановна
преподаватель кафедры английского языка и литературы
Бухарский государственный университет
Majidova Z.M
Teacher
Bukhara State University
PSIXOLOGIK MUHITNI IFODOLOVCHI LEYTMOTIVLARNING «ALVIDO, QUROL!» ASARI TARJIMASIDA QAYTA YARATILISHI
ВОССОЗДАНИЕ ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ ЛЕЙТМОТИВОВ В ПЕРЕВОДЕ РОМАНА «ПРОЩАЙ ОРУЖИЕ!»
RECREATION OF PSYCHOLOGICAL LEITMOTIVES IN TRANSLATION OF “A FAREWELL TO ARMS”
Annotatsiya: Psixologik muhitni ifodolovchi leytmotivlarning «Alvido, qurol!» asari tarjimasida qayta yaratilishi o’rganildi.
Kalit so’zlar: E.Heminguey, “Alvido, qurol”, psixologik muhit, leytmotiv
Аннотация: Исследовано воссоздание психологических лейтмотивов в переводе романа «Прощай оружие!».
Ключивые слова: Э.Хемингуэй, «Прощай оружие!», психологическое окружение, лейтмотив
Summary: Recreation of psychological leitmotives in translation of “A Farewell to Arms were investigated ”.
Key words: E. Hemingway, “A Farewell to Arms”, psychology, leitmotive
«Mahv bo’lgan avlod» mavzusini amerikalik yozuvchi, qator realistik asarlar avtori E. Xeminguey o’zining ikkinchi romani – «Alvido, qurol!» da davom ettiradi. Bu romanda u «mahv bo’lgan avlod» hayotining ibtidosiga, ya’ni, uning ayanchli urush haqiqatlari bilan to’qnashuviga qaytadi. Romanda yozuvchining frontda olgan taasurotlari tasvirlangan.
“Alvido, qurol!” romani taniq yozuvchi, tanqidchi, filologiya fanlari nomzodi Ibroxim G’ofurov tomonidan vosita til, ya’ni rus tili, orqali o’zbek tiliga ag’darilgan bo’lib, 1986 yilda “Yosh gvardiya” nashriyoti tomonidan bosib chiqarilgan. Mazkur maqolada romanning tarjimasini uning originali bilan solishtirishni va yomg’ir leytmotivining tarjimada qay darajada qayta yaratilganligi san’atini o’rganishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.
Shakl uyg’unligi, har bir elementning muhimligi, aniq tasvirlangan psixologik muhit asarda ayniqsa yomg’ir va kuz kabi leytmotiv obrazlar yordamida yanada ta’sirli qilib yaratilgan. Leytmotivlar - voqealar rivojining davomida takrorlanadigan obrazlar va alohida detallar bo’lib, Heminguey stilistikasining o’ziga xos bayon etish usulidir. «Alvido, qurol!» romanidagi shunday leytmotiv «yomg’ir» obrazidir.
Ernest Xemingueyning «Alvido, qurol!» asaridagi yomg’ir leytmotivi yaqinlashib kelayotgan halokat, achchiq qismat ramzidir. Asarda u ham jismoniy shikastlar, ham emotsional kurashlar va hattoki ajal kabilarning yomon xabarchisi sifatida gavdalangan. Bundan tashqari yomg’ir obrazi urush va uning qatnashchilari boshdan o’tkazayotgan kechinmalariga ishora bo’lib, asardagi g’amgin, nursiz kayfiyatni yaratishda asos bo’lib xizmat qilgan. Uning ajalga o’xshashligi va asar xarakterlariga o’tkazgan ta’siri bosh qahramonning asosiy jihatlarini yoritishga ko’mak bergan. Umuman olganda yomg’ir leytmotivi asardagi ko’pchilik tragik voqealar bilan bog’liq bo’lib, u urush va u olib keladigan talofot va qurbonlarning xabarchisi rolini o’ynagan desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Boshqacha qilib aytganda, badiiy asarlarda Zamin ona siymosiga monand qilinsa, yomg’ir obrazi aksariyat hollarda ko’z yoshi ramzidir. Ya’ni mushtipar ona farzandlari dardini biladi, biron falokat yuz bersa oldindan sezadi. Urush kabi dahshatli mahluq keltirayotgan qurbonlarni ko’rib turgan falak larzaga kelib, tinmay ko’z yoshi to’kadi.
Roman yomg`ir bilan boshlanadi. Yomg`ir kuzning ma’yus tabiatini hamda g`am-anduh, iztirob kabi tuyg`ularni ifoda etadi.
“… in the fall when the rains came the leaves all fell from the chestnut trees and the branches were bare and the trunks black with rain”. [1, 67]
“Kuz kirib, yomg`ir ketidan yomg`ir quyib borgach, kashtanlarning yaproqlari duv to`kildilarda, shohlari qip-yalang`och bo`lib qoldilar, daraxtlarning tepalari yomg`irdan qorayib ketdi”. [2, 92]
Bu tez-tez yog`ayotgan yomg`ir butun kitob davomida sharpasi tushib turgan o`lim tahdidi ekanligiga asar oxirida amin bo`lamiz.
Ikkinchi kitobda Heminguey yomg`irdan Ketrinning tragik va bevaqt o`limi alomatini berish va Frederikning hayotga bo`lgan munosabatini hamda uning xarakteriga xos bo`lgan ba’zi psixologik jihatlarni ifodalash maqsadida foydalanadi. Ketrin: “I’m afraid of rain because sometimes I see me dead in it” [1, 67], ya’ni “Men yomg`irdan shuning uchun qo`rqamanki, ba’zan ajal meni yomg`ir yog`ib turganda oladiganday bo`ladi” [2, 92] deb aytadi va ba’zan xuddi Fredarik yomg`ir ostida o`ladiganday tuyulishini aytib davom etadi. Uning yomg`irga nisbattan bo`lgan qo`rquvi ayolning urushga qaratilgan tuyg`ularini aks ettiradi va Heminguey qahramoni doimiy o`lim tahdidi hissi bilan yashashini e’tirof etadi. Yomg`ir ostidagi daxshatli o`lim to`g`risidagi mudhish yakun asar qahramoning ajal barcha narsaning sovuq yakuni ekanligiga ishonishini namoyon etadi. Bu o`rinda Heminguey Frederik va Ketrin uchun bundanda og`irroq damlar borligiga ishora etib, “outside it kept raining” [1, 67], ya’ni “yomg`ir hamon yog`ardi”[2,92], deya davom etadi.
Yomg`ir obrazi yozuvchi tomonidan ikkinchi kitobda Frederik va Ketrinning xayrlashuv chog`ida ishlatiladi. Ular yana visol nasib etarmikan deya xayollaridan o`tkazib birgalikda tushlik qilishar ekan, asar hikoyachisi bizga xabar beradi: “… we could hear the rain”[1, 82]; “Eshikda yomg`ir yog`ayotgani eshitila boshladi”.[2, 225] Tarjima so`zma-so`z berilmagan bo`lsada, u o`zbek kitobxoniga uning ruhiyati, psixologiyasi, so`zlashuv uslubini inobatga olib yetkazilgan.
Uchinchi kitobda Frederik qandaydir ruhoniysifat bo`lib qoladi va bu uning quyidagi so`zlaridan ham anglashiladi: “The rain stopped falling. It was colder outside and there was a mist in the trees”[1, 88]. Bizga ma’lumki, Heminguey uzun va zerikarli jumlalardan qochib, qisqa va lo`nda jumlalar orqali o`quvchi ongiga kuchli ta’sir qila olgan. Mazkur parchaning tarjimada ham asl kuchini yo`qotmanganligiga guvoh bo`lamiz: “Yomg`ir tingan edi. Havoda sovuq kuchayib, novdalar quyuq tumanga chirmandi”[2, 235].
Yomg`ir ostida Frederik ham farzandi, ham rafiqasidan judo bo`ladi va kitob bosh qahramoning yomg`ir ostida yolg`iz o`zi mehmonxonaga qaytishi bilan yakunlanadi. Bu hamma narsaning so`nggi, yakunning urg`usi, butkul bo`shliqning qo`rqinchli oqibati va har bir inson uchun birdek shavqatsiz bo`lgan ajal edi.
Roman so`ngida biz yomg`ir leytmotivining hikoya uchun naqadar muhimligini anglaymiz. U tobora yaqinlashib kelayotgan ajal to`g`risida xabar berib, Heminguey qahramonining hayotiga kuchli ta’sir o`tkazgan va aynan u kitobxon yodiga nafaqat dunyoni, balki insonni ham ich-etidan vayronaga aylantiruvchi sovuq o`lim to`g`risidagi og`riqli eslatmani tushirib qo`ygan.
O`z uslubiga ko`ra Heminguey qahramonlarining ichki kechinmalariga tegishli bo`lgan ortiqcha izohdan qochadi. Odatda qahramonlarning ichki dunyosini ularning tashki qiyofasi orqali bayon etadi. Hemingueyning yozuvchilik texnikasini ko`rsatuvchi bir misol keltiramiz.
Ketrinning operatsiyasi natijasini kutayotgan Fredarik qahvaxonaga kiradi. Bufetchi chol unga bir stakan oq sharob quyadi. Sal o`tmay Fredarik undan yana bir stakan quyishini so`raydi. Bufetchi undan tong saharlab qahvaxonada nima qilib yurganini so`raydi va Genri unga xotinining ko`zi yoriyotganini aytadi.
“He poured it from the bottle slopping it over a little so some ran down on the zinc. I drank this glass, paid and went out. Outside along the street were the refuse cans from the houses waiting for the collector. A dog was nosing at one of the cans. "What do you want?" I asked and looked in the can to see if there was anything I could pull out for him; there was nothing on top but coffeegrounds, dust and some dead flowers. "There isn't anything, dog," I said. The dog crossed the street. I went up the stairs in the hospital to the floor Catherine was on and down the hall to her room[1, 164].
“U shishani azotroq ko`tarib quydi, stakan to`lib bir ozi to`kildi. Men ichib, haqqini to`lab tashqariga chiqdim. Tashqarida hamma uylarning oldida axlatchini kutib axlat idishlari turardi. Bir chelakni it iskab ko`rmakdaydi. - Senga nima kerak, - so`radim va unga biron narsa yo`qmikan deb engashib chelakni qaradim; chelakning ustida qahva quyqasi, axlat va qurigan gullardan boshqa hech narsa yo`q. - Hech vaqo yo`q, it, - dedim men. It ko`chaning narigi tomoniga o`tib ketdi. Kasalxonaga kelib Ketrin yotgan qavatga ko`tarildim va yulakdan uning eshigigacha bordim”[2, 362].
Heminguey uchun, Chexov uchun ham bo`lgani kabi, «san’atda xuddi hayotdagidek, hech narsa bexosdan sodir bo`lmasligi» fikri yaqin edi. Birinchi aktda devorda osig`liq turgan miltiq esa pyesa oxirida albatta otishi kerak. Nega vino to`kildi? Balki mazkur detal bufetchining qariligidan nishonadir?! Heminguey qahramonning hayajonlanayotganini aytmaydi, ammo biz uning ikkinchi bor vino suzishni so`raganidan buni anglab olamiz; u tinchlanib olishi kerak. Yoki mavzuga umuman aloqasi bo`lmagan it to`grisida gap borishi ham o`z asosini topgan. Frederik asabiylashgan va tinchlanishi uchun unga suhbatdosh kerak: u boshpanisiz itga murojaat etadi. Hemingueyning romandagi uslubini «mardlarga xos oddiylik» so`zlari bilan xarakterlash mumkin. Xuddi shunday yomg`ir obrazi ham bekordan-bekor asar davomida qahramonni kuzatib bormaganining yuqoridagi misollar orqali guvohi bo`ldik. Heminguey o`zi yoritib bermoqchi bo`lgan mazmunni yom’ir leytmotivi orqali yanada yorqin va aniq tasvirlashga hamda uni ishlatish yordamida har bir jumla kuchini kuchaytirishga erishgan. Ibrohim G`ofurov tarjimasida ham yomg`ir bilan bog`liq bo`lgan sahnalarning aksariyati mutarjimning betakror manerasini ishga solib o`girilgani ma’lum bo`ldi. Tarjimada yomg`ir leytmotivi orqali qahramonning psixologik holati, his-tuyg`ulari, uning xarakteriga xos bo`lgan jihatlar to`laligicha qayta yaratilishga erishilgan degan xulosaga keldik.
Adabiyotlar ro’yxati: