Аннотация: В этой статье рассматривается интерактивные методы пользования английского языка на уроках математике в начальных классах.
Ключевые слова: математика, английский язык, интегрированный, интерактивные методы.
Pedagogika fanlari
Xamrayeva Gulchehra Ibraximovna
Buxoro davlat universiteti
ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi
Bafoyeva Zebiniso Ibrohimovna
Buxoro shahar 6-umumta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Хамраева Гулчехра Ибрахимовна
преподаватель кафедры английского языка и литературы
Бухарский государственный университет
Бафаева Зебинисо Ибрахимовна
преподаватель
школа № 6, г. Бухара
Khamraeva Gulchekhra Ibrakhimovna
Teacher of the English language and literature department
Bukhara State University
Bafayeva Zebiniso Ibrakhimovna
teacher
school № 6 , Bukhara city
BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARI INGLIZ TILIDA
УРОКИ МАТЕМАТИКИ НА АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
TEACHING MATHS IN ENGLISH IN PRIMARY SCHOOLS
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda matematika darslarini ingliz tili bilan integrallashgan holda interfaol metodlar asosida o’tish usullari yoritilgan.
Kalit so’zlar: matematika, ingliz tili, integrallashgan, interfaol metodlar
Аннотация: В этой статье рассматривается интерактивные методы пользования английского языка на уроках математике в начальных классах.
Ключевые слова: математика, английский язык, интегрированный, интерактивные методы
Summary: This article discusses the ways of teaching Math integrated with English using interactive methods in Primary schools.
Key words: Math, English, integrated, interactive methods
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan so’ng mamlakatimiz ta’lim tizimida, xususan, boshlang’ich ta’limda keng qamrovli ijobiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini an’anaviy usulda o’qitish o’rnini integrallashgan, shaxsga yo’naltirilgan yondashuvga asoslangan holda o’qitish egalladi. Bu yondashuv asosida o’qitish boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ona tili, o’qish, matematika, atrofimizdagi olam (tabiat) kabi fanlarni integrallashgan holda olib borishi zaruratini tug'dirgandi.
2012-yil 10-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 1875-sonli qarorining qabul qilinishi boshlang’ich sinf o’qituvchilari oldida yuksak mas’ulitni qo’ydi. Bu mas’uliyat o’qituvchidan boshlang’ich ta’limni nafaqat integrallashgan, shaxsga yo’naltirilgan yondashuv asosida, balki kompetensiyaviy yondashuv asosida, zamonaviy pedagogik va axborot –kommunikatsiya texnologiyalaridan, interfaol metodlardan foydalangan holda, shuningdek, darslarni ingliz tili bilan bog’lab o’qitish zarurligini taqozo etadi. Ma’lumki, Qarorga binoan, ingliz tili boshlang’ich birinchi sinflarda o’yin tarzida va og’zaki nutq darslari shaklida amalga oshiriladi, matematika, ona tili, o’qish kabi fanlar o’quvchilarning kommunikativ savodxonligi, nutqiy, mantiqiy, matematik tafakkuri, muommala madaniyati, iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi, shuning uchun boshlang’ich ta’lim bosqichida o’quvchilarni har tomonlama rivojlantirish, ijodiy tafakkur va axloqiy sifatlarni tarkib toptirish, fan va tilga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish hamda o’rganayotgan fani bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarga ega bo’lishga o’rgatish maqsadida barcha fanlarni ingliz tili bilan integrallashgan holda o’qitish –hozirgi kun boshlang’ich sinf o’qituvchisi oldida turgan asosiy, ustuvor vazifalardan biridir. Bu vazifa boshlang’ich sinf o’qituvchisining nafaqat o’quvchilarga ingliz tili bilan integrallashgan darslarni o’tishni, balki o’qituvchining o’zini ham tilni, o’zi o’qitayotgan darslar bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarga ega bo’lishni talab qiladi, ya’ni Prezidentimiz aytganlaridek,
“… O’qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak”
Misol tariqasida 2-sinflarda matematika ingliz tili bilan integrallashgan holda interfaol metodlar asosida o’tkazilgan darsni tahlil qilsak.
Fan: Matematika
Dars mavzusi: Narsalarning yarim, chorak qismlarini topish
Dars maqsadi:
Ta’limiy: narsalarning yarim, chorak qismlari haqida bilim berish va ularni topishga doir mashqlar bajarish, ingliz tilida butun – whole, yarim – half, chorak – quather ekanligini o’rgatish.
Tarbiyaviy: o’quvchilarda matematik muammolarini ahillik, hamjihatlik , hozirjavoblik bilan hal etish, bir – biriga yordam berish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash va narsalarni teng qismlarga ajrata olish, butunning yarmi, choragini farqlay olish qobiliyatlarini va ingliz tilida 2,3,4 ni ko’paytirish ko’nikmalarini rivojlantirish ;
Dars shakli: noan’anaviy dars
Dars turi: bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi dars
Dars metodi: muammoli izlanish, guruhlarda ishlash, “Boshqotirma”, “So’z tuzing”, “Jadvalni to’ldir” , “O’rnini toping” , “Moslashuv”, “Maths is fun” ta’limiy o’yinlari
Dars jihozi: jadvallar, slayd, multimedia ilovalari, mavzuga oid ko’rgazmalar , darslik, oq qog’oz, marker, chizg’ich, qalam, shakllar
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism. O’qituvchi o’quvchilar bilan o’zbek va ingliz tililada salomlashadi, kun, fasl va ob-havo haqida suhbatlashiladi.
Good morning to you.
Good morning, dear teacher,
We are glad to see you.
T: What date is it today? P: Today is the 14th of April.
T: What day is it today? P: Today is Thursday.
T: What season is it now? P: It is spring.
T: What is the weather like today? P: It is sunny(cloudy, rainy.)
T: What is our lesson now? P: Our lesson is maths.
Pupil 1: Hisob-kitob ilmini Bolalikdan sevamiz.
Masala, misol yechishga Qiziqamiz hammamiz.
Pupil 2: One, two, three, I like maths
All together: One, two, three. So do we
T: Great. I see, you like maths and English. Now, let’s begin our lesson. Bolajonlar, bugun darsimiz musobaqa tarzda ingliz tili bilan bog’liq o’tiladi.
O’quvchilar 4 guruhga bo’linadi. Guruhlar bilan tanishtirish.
1-Guruh ---“ Doira” guruhi, 2- Guruh ---“ Kvadrat “guruhi,
Guruh ---“ Uchburchak “guruhi, 4- Guruh --- “ Beshburchak “guruhi.
O’tilgan materiallarni mustahkamlash.
O’tgan darsda qanday mavzu bilan tanishgan edik?
“Sonni bir necha birlik va bir necha marta kamaytirish” mavzusi bilan tanishdik. Uyga berilgan vazifa tekshiriladi.
Matematik diktant
Matematik diktant tekshiriladi. Daftarlar almashtiriladi.
O’tilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida har bir guruhga jadvallar beriladi. Har bir to’g’ri bajarilgan topshiriq rag’bat kartochkalari bilan baholanadi.
Yangi mavzu bayoni.
1 – BOSQICH - IZLANAMIZ, O’RGANAMIZ.
Multimedia ilovalari asosida tushuntiriladi.
1 – kesma - Qog’ozdan qirqib olingan 14 smli tasma 2 ga buklab teng qismlarga bo’linadi va buklash chizig’I bo’ylab yarmi bo’yaladi.
O’quvchilar daftarlariga bajaradilar.
14 : 2 = 7 sm
2 – topshiriq
O’rganing!
Whole – {houl} - butun
Half – { ha:f} - yarim
Quarter – {kwo:te} – chora
Guruhlarga shakllar beriladi. Har bir guruh nomiga mos shakllarda qismlarni ko’rsatadilar.
“Doira” guruhi – uchdan bir qismni belgilaydilar
“Kvadrat” guruhi – to’rtdan bir qism ya’ni chorak qismni belgilaydilar.
“Uchburchak” guruhi – ikkidan bir qism , ya’ni yarim qismini belgilaydilar.
“Beshburchak” guruhi – beshdan bir qismni belgilaydilar.
Guruhlar ishi tekshirilib, rag’batlantiriladi.
Dam olish daqiqasi
Pupil 1: 1, 2 - buckle my shoe
3, 4 - open the door.
5, 6 - pick up sticks
7, 8 - lay them straight
9, 10 - begin again.
Pupil 2: 1, 1, 1, I love the sun.
2, 2, 2, I love my mummy too.
3, 3, 3, My mummy loves me
4, 4, 4, I love her more and more
Pupil 3: First think, than speak.
Pupil 4: Two heads are better than one.
3 – topshiriq. “Maths is fun”
2 times 8 is ? 28 plus 4 is ? 4 times 3 is ?
15 divided 3 is ? 26 minus 3 is ? 45 divided 9 is ?
4 – BOSQICH. “O’yla, izla, top!”
1 – guruhga “So’z tuzing ” topshirig’I topshiriladi. Misollarni bajaradilar, qiymatlari o’sish tartibi bo’yicha harflarni yozib “Topqir “ so’zi tuziladi.
2 – guruhga “Boshqotirma” topshirig’I topshiriladi. Boshqotirmada kalit so’z “zukkolar” so’zi topiladi.
3 – guruhga “O’rnini toping” o’yini topshiriladi. Bunda o’quvchilar misollarni bajarib, qiymatini alifbo tartibidagi harfni rangiga mos katakka qo’yib “ziyrak” so’zi tuzadilar.
4 – guruhga “Moslashuv” o’yini beriladi. Bu o’yinda birinchi ustunda berilgan misollarni ikkinchi ustunda berilgan javoblar bilan moslashtiriladi. Javoblar o’sish tartibida harflarlardan “chaqqon” so’zi hosil qilinadi.
Guruh o’quvchilari ishlari o’qituvchi tomonidan tekshiriladi va umumlashtiriladi, baholanadi,g’olib guruh aniqlanadi.
Darsni yakunlash.
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa.
175-betdagi 5 – masala, 6 – misol.
Masala, misollar tushuntirib beriladi.
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich ta’lim jarayonini rivojlantirishda, fanlarni ingliz tili bilan integrallashgan holda o’qitishda o’qituvchining kasbiy kompetentliligi, o’qimishlilik darajasi, bolalar psixologiyasi, hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim pedagogikasi va bu sohadagi ilg’or tajribalar, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim konseptsiyasi va kompetensiyaviy yondashuv asoslarini, shuningdek tilni bilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: