Аннотация: В этой статье рассматривается синтаксический анализ и грамматические свойства словосочетаний в английском и узбекском языках.
Ключевые слова: словосочетания, бинарная оппозиция, подчиненная сочинения.
Filologiya fanlari
UDK 17.51
Usmonova Zarina Habibovna
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi
Buxoro davlat universiteti
Усмонова Зарина Хабибовна
Преподаватель кафедры английского языка и литературы
Бухарский государственный университет
Usmonova Zarina Habibovna
Teacher of the department of English language and literature
Bukhara State University
INGLIZ VA O’ZBEK TILLARDA SO’Z BIRIKMALARINING GRAMMATIK XUSUSUYATI VA SINTAKTIK (BINAR) TAHLILI
ГРАММАТИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА И СИНТАКСИЧЕСКИЙ (БИНАРНЫЙ) АНАЛИЗ В АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ
THE GRAMMATIK PECULIARITY AND SYNTACTIC (BINARY) ANALYSES OF PHRASES IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES
Annotatsiya: Ushbu maqola ingliz va o’zbek tillarda so’z birikmalarining grammatik xususiyati va sintaktik (binar) tahliliga bag’ishlangan.
Kalit so`zlar: so’z birikmasi, binary oppositsiyasi, tobe bog’lanish
Аннотация: В этой статье рассматривается синтаксический анализ и грамматические свойства словосочетаний в английском и узбекском языках.
Ключевые слова: словосочетания, бинарная оппозиция, подчиненная сочинения.
Summary: The article discusses the Grammatik peculiarity and syntactic (binary) analyses of phrases in English and Uzbek languages.
Key words: phrase, binary opposition, subordinated conjunction.
Ingliz va o’zbek tillaridagi so’z birikmalarining grammatik xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish-har ikki tilda ularning turlarini va gapdagi grammatik xususiyatlarini taqqoslashda, gapdagi vazifalarini aniqlashda, umuman sintaktik tahlilda muhim ahamiyat kasb etadi. Ingliz va o’zbek tillardagi gaplarda so’z birikmalarining o’zaro bir-biriga bog’lanishi farqlanadi, ammo har ikki tilda ham mavjud.
Baxtiyor Mengliyev esa so’z birikmasi haqida quyidagicha fikr yuritgan. Mustaqil so’z birikuvi ikki ko’rinishda bo’ladi deb ta’kidlaydi.
Shuningdek ushbu jadvalda o’zbek tilida so’z birikmasi qismlarini bog’lash vositalar, grammatik aloqa turlari, tobe bo’lakning sintaktik vazifasiga ko’ra, hokim bo’lakning ifodalanishiga ko’ra, tuzilishiga ko’ra turlarini yanada chuqurroq tahlil qilingan. So’z birikmasi
So’z birikmasi qismlarini bog’lovchi vositalar |
Grammatik aloqa turlari |
Tobe bo’lakning sintaktik vazifasiga ko’ra |
Hokim bo’lakning ifodalanishiga ko’ra |
Tuzilishiga ko’ra turlari |
So’z shakli
Mening kitobim |
Moslashuv |
Aniqlovchi birikma mening kitobim yaxshi kitob |
Otli birikma Yaxshi kitob |
Sodda birikma yaxshi kitob |
Kitobni olmoq |
boshqaruv |
To’ldiruvchili birikma: Kitobni olmoq qalam bilan yozmoq |
Fe’lli birikma Kitobni olmoq |
Murakkab birikma Chiroyli ko’ylakli qiz |
Qalam bilan yozmoq |
Boshqa Ruv |
|
Ravishli birikma Shamoldan tez |
|
Yaxshi kitob |
Bitishuv |
Holli birikma: Kecha kasalligi uchun kelmadi |
|
|
Demak ushbu jadvalda ularning ya’ni so’z birikmalarini qismlarini bog’lovchi vositalar,gramatik aloqa turlari,tobe bo’lakning sintaktik vazifasiga ko’ra hokim bo’lakning ifodalanishiga ko’ra tuzilishiga ko’ra turlarini ko’rdik.Endi sintaktik aloqalarini ifodalovchi vositalarni ko’rib chiqamiz.
Sintaktik aloqalarni ifodalovchi vositalar
N |
Sintaktik aloqalarni ifodalovchi vositalarning turlari va xususiyatlari |
Birikuv vositalarning turlari va morfologik ko’rsatkichlari |
Misollar |
1 |
So’z shakli Bir sozning boshqa so’zga bog’lanishini ko’rsatadi.Grammatik ma’noni bildiradi
|
Shakliy-grammatik vositalar a)Kelishik qo’shimchalari: ning,ni,ga,da,dan b)Egalik qo’shimchalari: im,ing,i,ingiz,imiz c)shaxs-son qo’shimchalari: ing,ingiz |
a) maktabga bormoq, uydan chiqmoq, jurnalni o’qimoq b) mening kitobim, sening ukang, uning daftari c)Men keldim,biz keldik, siz keldingiz |
2 |
Yordamchi so’zlar Kelishik qo’shimchalariga o’xshash funksiyani bajaradi. Otni fe’lga bog’laydi
|
Leksik-grammatik vositalar a)ko’makchilar:bilan,uchun,singari, kabi b)bog’lovchilar:uyushiq bo’laklari va gaplarni bog’laydi c)bog’lamalar:edi,bo’ldi ega va kesimni bog’laydi |
Diqqat bilan tinglamoq O’quvchilar uchun olmoq Dadam kolxozchi edi,hozir brigadier |
3 |
So’z tartibi Sozning sintaktik vazifasi maxsus ko’rsatkichlar bilan ifodalanmaganda tartib bosh rolni o’ynaydi. Tartib o’zgarsa grammatik vosita ham o’zgaradi |
Joylashishi |
Qizil qalam-qalam qizil Sovuq suv-suv sovuq Qalin daftar-daftar qalin |
4 |
Ohang Pauzaning o’zgarishi birikmaning bog’lanishini o’zgartiradi, gap hosil qiladi |
Ohang |
Qalin muqovali kitob-kitob qalin muqovali - Anvar ukam injener bo’ldi - Anvar,ukam injener bo’ldi -Anvar, ukam, injener bo’ldi |
[2]
Ingliz tili Hind-Evropa tillar oilasiga mansubligi va gap qurilishi o’zbek qismi (ot, sifat, ravish) bo’lib o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ular ingliz tilida quyidagicha turlarga bo’linadi:
1. Predlogli so’z birikma- predlog bilan boshlanadi va predlogdan keyin kelgan to’ldiruvchini o’z ichiga oladi, ya’ni predlogga tegishli bo’lgan to’ldiruvchini o’z ichiga oladi.
2. Sifatdoshli so’z birikma- sifatdosh bilan boshlanadi va sifatdoshdan keyin kelgan to’ldiruvchini ya’ni sifatdoshga tegishli bo’lgan to’ldruvchhini yoki sifatdosh orqali otga bog’langan boshqa so’zlarni o’z ichiga oladi.
3) Gerundiyli so’z birikma- gerundiy bilan boshlanadi va gerundiyning to’ldiruvchisini ya’ni gerundiyga tegishli bo’lgan to’ldiruvchini yoki to’liq ega yoki to’liq to’ldiruvchidek vazifa bajaruvchi boshqa so’zlarni o’z ichiga oladi.
4) Infinitivli so’z birikma- infinitiv bilan boshlanadi va infinitivning to’ldiruvchisini ya’ni infinitivga tegishli bo’lgan to’ldiruvchini yoki iboraning qismidek vazifa bajaruvchi boshqa so’zlarni o’z ichiga oladi.
Tanqidiy nazariyada binar oppozitsiyasi (yoki “binary ” -binar sistemasi) ma’nosiga nisbatan qarama-qarshi bog’langan, bir juft bo’lib kelgan atamalar va tushunchalardan tashkil topadi. Binar oppozitsiyasi (sistemasida) tuzulishida tilda va fikrda ikkita (nazariy) qarama-qarshi nazariyani boshqasiga qarshi qatiy belgilaydi va yangi so’z birikmasiga asos soladi. Binar oppozitsiyasi ikki umumiy o’ziga xos (alohida) atamalarni taqqoslaydi.
Masalan;
On and off
Up and down
Left and right
Binar oppozitsiyasi birikma qurilish sistemasining muhim bir tushunchasidir , (Strukturabiy tuzilishda, binar oppozitsiyasi) xuddiki barcha tillar va fikrlarning, g’oyalarining asosiy negizidek farqlanadi. Strukturaviy tuzulish tarkibida binar oppozitsiyasi insonlarning faylasufligi, madaniyati va tilini asosiy negizidek umumlashtiradi. Binar oppozitsiyasi “Sousern strukturalist nazariyasi”da paydo bo’lgan Ferdinant de Sosyurning nazariy qarashlariga asosan, binar oppozitsiyasi tilning ahamiyati yoki ma’nosini o’z ichida birlashtiruvchi qismlarni anglatadi. Ferdinant de Sosyur sintaktik tahlil jarayonida binar oppozitsiyasining afzallik va aniqlik tomonlarini ifodalab berdi [3].
Garvard universitetining tilshunos olimi professor Jon Karlson 1994 yil 22-dekabrda “Tillar xususiyati”(“The peculiarities of languages”)konferensiyasida “binar oppozitsiyasi barcha tillar uchun umimiy oppozitsiyadir “(“The binary is generally universal for all languages ”) degan fikrni ilgari surgan edi[4].
Ammo Andijon davlat universiteti Filologiya fanlar nomzodi U. Otaniyozov aynan o’zbek tillar uchun binar oppozitsiyasi xos emasligini isbotlab ko’rsatib o’tdi. Masalan, ingliz tilida I go to school at 8 oclock gapining strukturasini tahlil qiladigan bo’lsak, I-ega, go-kesim, to school –o’rin holi, at 8 oclock – payt holi bo’lib kelgan. Quyidagi gapning o’zbekcha varianti esa Men soat 8 da maktabga boraman. Demak buning strukturasi quyidagicha Men – ega, soat 8 da – hol, maktabga–hol, boraman- kesim. Ko’rinib turibdiki, gapning gramatik strukturasi tuddan farq qiladi. Shuning uchun ham binar oppozitsiyasi o’zbek tiliga xos emasligini isbotlab ko’rsatdi. Masalan,
Suppose a man came to get the money.
Ushbu keltirilgan gapda asosan to’rtta so’z birikmasi qatnashgan otli, fe’lli , infitivli otli – suppose a man; fe’lli – came to get; infitivli – The money
2. They found rooms they like with good light and at a low cost.
Ushbu keltirilgan gapda so’z birikmalari Grammatik jihatdan bir-biriga bog’langan asosan T-(T’) usulida otli, fe’lli , predlogli
Otli – Sue and Johny
Fe’lli – lived at the top of a building
Predlogli – with three floors
Ya’ni bitta so’z birikmasining ichida bir nechta so’z birikmalarinig bir – biriga grammatik jihatdan bog’langan.
Demak, xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, inliz va o’zbek tillarida so’z birikmalari o’ziga xos xususiyatlarga ega va bu ikki tilda so’z birikmalarining sintaktik tahlili ham tubdan farq qiladi. Shu o’rinda binar oppozitsiyasi o’zbek tili uchun xos emasligiga yana bir marta amin bo’ldik.
Foydalanilgan adabiyotlar: